Koronavirus bilan kasallangan bolalarga diabet xavfi oshgan
AQSh yuqumli kasalliklarni nazorat qilish markazlari to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallangan amerikalik bolalar va o‘smirlarda diabetga chalinish xavfi oshgan.
Bolalar va o‘smirlar haqidagi 2020-yilning martidan 2021-yilning fevraliga qadar to‘plangan ma’lumotlar: qariyb 0,8 millionta kasallanish holati tahlil qilindi. Bazadagi ma’lumotlar ikki guruhga ajratildi: koronavirus bilan kasallangan bemorlar hamda koronavirus bilan kasallanmagan, biroq pandemiyaga qadar o‘tkir respirator kasalliklarni boshdan o‘tkazganlar. Koronavirusni yuqtirganlarda keyinchalik diabet kasalligi rivojlanishi ko‘paygani olimlarning e’tiborini tortdi.
Tahlillarga ko‘ra, (kovid bilan) kasallanganlar orasida diabet bilan xastalanish ehtimoli boshqalarga nisbatan 2,66 marta oshgan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu stress holatidagi giperglikemiya (qonda qand miqdorining oshib ketishi) yoki oshqozonosti bezi hujayrasiga virus yuqishi oqibati bo‘lishi mumkin. Shuningdek, COVID-19 bilan kasallanganda qabul qilingan dorilar ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter