Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni davolashda qaysi dorilar xavfli?

Koronavirusni davolashda qaysi dorilar xavfli?

Illyustrativ foto

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus bilan bemorlangan shaxslar uchun ayrim dori preparatlarini iste’mol qilish xavfliligi haqida bayonot berdi. Bu haqda u Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan, deb xabar berdi «Sputnik».

Fransiya sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, agar koronavirusni yuqtirgan bemor yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, u holda bu uning salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Ibuprofen va kortizon kasallikni yanada og‘irlashtirishi mumkin, deya ta’kidlaydi Veran.

«Temperaturani tushirish uchun paratsetamol qabul qilgan ma’qul», — deya tushuntiradi Veran.

U shuningdek, biron bir savol tug‘ilganda yoki shubha paydo bo‘lganida shifokorlar bilan maslahatlashish zarurligini qo‘shimcha qilgan.

Fransiyada koronavirusga chalinganlik bilan bog‘liq 4 469ta holat qayd etilgan, 91 kishi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring