Koronavirusni davolashda qaysi dorilar xavfli?
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus bilan bemorlangan shaxslar uchun ayrim dori preparatlarini iste’mol qilish xavfliligi haqida bayonot berdi. Bu haqda u Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan, deb xabar berdi «Sputnik».
Fransiya sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, agar koronavirusni yuqtirgan bemor yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, u holda bu uning salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Ibuprofen va kortizon kasallikni yanada og‘irlashtirishi mumkin, deya ta’kidlaydi Veran.
«Temperaturani tushirish uchun paratsetamol qabul qilgan ma’qul», — deya tushuntiradi Veran.
U shuningdek, biron bir savol tug‘ilganda yoki shubha paydo bo‘lganida shifokorlar bilan maslahatlashish zarurligini qo‘shimcha qilgan.
Fransiyada koronavirusga chalinganlik bilan bog‘liq 4 469ta holat qayd etilgan, 91 kishi vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter