Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiyaning qaroriga izoh berildi

Maxsus komissiyaning qaroriga izoh berildi

Foto: «Xabar.uz»

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov Maxsus komissiyaning o‘quv jarayonlarni onlayndan an’anaviy shaklga o‘tkazilishi bo‘yicha qaroriga izoh berdi.

«Respublika komissiyasi u yoki bu qarorni qabul qilishdan avval vaziyatni har tomonlama o‘rganadi. O‘zbekistonda vaziyat ancha barqarorlashdi. Hozir respublikada kuniga o‘rtacha 1000ta bemor qayd etilayotgan bo‘lsa ham, vaziyat birmuncha yumshoq. Negaki, hozir shifoxonalarda yotgan bemorlarga nisbatan shifoxonalardan chiqarilayotgan bemorlar soni ko‘p. Demak, kasallik aksariyat holatda yengil kechmoqda.

Pandemiyaning dastlabki davrida kasallik 85 foiz holatda yengil, 10 foiz holatda og‘ir va 5 foiz holatda o‘ta og‘ir o‘tdi. Hozir esa kasallarning 98 foizida yengil kechmoqda. Demak, hozir bemorlar deyarli to‘liq uy sharoitida davolanib, kassallikdan forig‘ bo‘lishmoqda.

O‘zbekistondagi vaziyatni to‘liq his qilgan holda, talaba, o‘quvchilarga sharoit yaratib berish maqsadida va oflayn shaklda ularning bilim salohiyatini oshini hisobga olib, mana shunday qaror qabul qilindi», – dedi Nurmat Otabekov.

So‘zining yakunida mutaxassis shunday dedi: «Kim biladi, balki kassalik bir umrga kelgandir. Biz u bilan bir sharoitda yashashga o‘rganishimiz kerak. Balki umrimizning oxirigacha bu kasallik bilan kurasharmiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring