Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika prezidenti RF vaksinasini birinchi bo‘lib o‘zida sinab ko‘rishini aytdi

Meksika prezidenti RF vaksinasini birinchi bo‘lib o‘zida sinab ko‘rishini aytdi

Foto: «AP Photo/Marco Ugarte»

Davlat rahbari Andres Manuel Lopes Obrador koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining samaradorligi isbotlansa, uni birinchi bo‘lib o‘zida sinab ko‘rishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda u 17-avgust kuni hukumat saytida efirga uzatilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar vaksinaning samaradorligi va ommabopligi aniqlansa, u emlanadi.

«Biz uchun muhim ekanligiga shubha qoldirmaslik uchun birinchi bo‘lib o‘zim vaksinatsiyaga rozi bo‘ldim», — deydi Meksika yetakchisi.

Prezidentning aytishicha, bu masalada hech qanday mafkura bo‘lmasligi kerak. Rossiya vaksinasi samaradorligi tasdiqlangan zahoti ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa o‘rnatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring