Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashuvchi vaksinadan tezroq va samaraliroq usul topildi

Koronavirusga qarshi kurashuvchi vaksinadan tezroq va samaraliroq usul topildi

Foto: «Twitter.com»

Kolumbiya universiteti olimlari COVID-19 bemorlaridan SARS-CoV-2 ni zararsizlantirishda eng samarali bo‘lgan antitanachani ajratib olishdi, deyiladi «Nature» jurnalida chop etilgan maqolada.

Garchi hozirda bir qancha vaksina va preparatlar ishlab chiqilayotgan va klinik sinovlardan o‘tayotgan bo‘lsa-da, ammo ularni faol qo‘llash uchun hali bir necha oy kutishga to‘g‘ri keladi. Biroq bemorlar ishlab chiqaruvchi antitanacha infeksiyaga qarshi kurashish yoki profilaktikasi uchun hozirdanoq qo‘llanilishi mumkin. Bu yondashuv koronavirusdan tuzalgan bemorlardan olingan qon zardobidan foydalanishni eslatadi. Lekin bu ancha samaraliroq.

Zardob tarkibida turli antitanachalar bor, biroq har bir bemorning o‘z immuniteti bo‘lgani uchun bir bemorni davolashda ishlatilgan antitanachalar bilan to‘yintirilgan plazma boshqa odamning plazmasidan ancha farq qilishi mumkin. Antitanacha sifati turli bemorlarda farq qiladi. Mana, masalan, COVID-19 ning og‘ir alomatlari kuzatilgan bemorlarda antitanacha kuchliroq bo‘ladi.

Tadqiqotchilar og‘maxonda o‘tkazilgan tajribalar orqali koronavirusga qarshi antitanachaning himoya ta’sirini tasdiqlashdi va kelgusida odamlar ishtirokida tajribalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring