Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirusning eng nozik joyini topishdi

Olimlar koronavirusning eng nozik joyini topishdi

Foto: «Dnevniki.ykt.ru»

Vanderbilt universiteti va Texas universiteti tibbiyot bo‘limi olimlari koronavirusning zaif nuqtasini aniqladilar, deb yozadi «MedicalXpress».

Mutaxassislar SARS-CoV-2ning maxsus fermenti — nsp14-ExoN ekzoribonukleazasi borligini aniqladilar. U virusga genomni ko‘paytirish paytida yuzaga keladigan xatolarni tuzatishga yordam beradi va boshqa shtammlardan genetik materialni olishga javob beradi. Bu esa patogenga evolyusion ustunlik bag‘ishlaydi.

«Shu tariqa koronavirus ekzoribonukleazasi davom etayotgan COVID-19 pandemiyasini zaiflashtirishda, shuningdek, kelgusida yangi koronaviruslar tarqalishining oldini olishda muhim nishon vazifasini bajaradi», — deydi tadqiqot muallifi Jennifer Gribbl.

Olimlarning fikriga ko‘ra, nsp14-ExoN — koronavirusning «Axilles to‘pig‘i». Agar ferment ta’sirini bloklay oladigan dori ishlab chiqarilsa, virus rekombinatsiya qobiliyatini yo‘qotadi va butunlay «o‘chadi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring