Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘zining o‘nlab parvozlarini bekor qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘zining o‘nlab parvozlarini bekor qildi

Foto: Xabar.uz

Dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus epidemiyasi va qator davlatlar kiritayotgan cheklovlar, xorijga chiqishga talabning tushib ketganligi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2020-yil mart-aprel oylariga rejalashtirilgan qator reyslariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Airways quyidagi parvozlari o‘zgardi:

  1. London — HY201/202 reysi vaqtincha 2020-yilning 14-martidan apreligacha bekor bo‘ldi;
  2. Parij — HY251/252 reysi 2020-yilning 14 martidan apreligacha bekor qilindi;
  3. Amritsar —HY421/422, HY441/442, HY443/444 reyslari 2020-yilning 18-martidan apreligacha bekor bo‘ldi;
  4. Dehli —HY425/426 reysi 2020-yilning 20-martidan apreligacha faqat chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi va yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi;

—HY421/422 va HY423/424 reyslari 2020-yilning 20-martidan apreligacha bekor qilindi;

  1. Mumbay —HY427/428 reysi 2020-yilning 20-martidan apreligacha bekor qilindi;
  2. Jakarta — HY541/542 reysi 2020-yilning 25-martidan apreligacha bekor qilindi;
  3. Kuala-Lumpur — HY553/554 reysi bekor qilindi;

— HY551/552 reysi 2020-yilning 25-martidan bekor qilindi,

— HY551/552 reysi 2020-yilning 1-20-aprel kunlari faqat chorshanba kunlari amalga oshiriladi;

  1. Bangkok — HY531/532 reysi mart oyida faqat 16, 19 va 26-mart kunlari amalga oshiriladi;

—HY533/534 reysi mart oyida faqat 18, 21 va 28-martda amalga oshiriladi;

— HY531/532 reysi aprel oyida bekor qilindi;

—HY533/534 reysi aprel oyida faqat chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi;

  1. Tel-Aviv —HY303/304 reysi 2020-yilning 14-martidan apreligacha bekor qilindi;

—HY301/302 reysi mart oyida faqat 19 va 26-mart kunlari parvoz qiladi,

—HY301/302 reysi aprel oyida bekor bo‘ldi;

Sayohatga chiqishni rejalashtirish va O‘zbekistonga qaytishda aviachiptada ko‘rsatilgan parvozlarning amalga oshirilishi haqidagi axborotga e’tibor berish, shuningdek, qoidalar va cheklovlar hamda karantin shartlari bilan tanishish so‘ralgan. Buning uchun uzairways.com sayti yoki kompaniyaning +998781400200 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilish mumkin.

Shuningdek, yuqorida sanalgan yo‘nalishlarda bekor qilingan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilarga aviachiptalarni boshqa sanalarga qayta bron qildirish hamda qaytarish qo‘shimcha to‘lov va jarimalarsiz amalga oshirilishi bildirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring