Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4000 nafardan oshdi

Foto: «EADaily»

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 5-iyun soat 23:00 holatiga, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlganlar 4007 (+20) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanganlarning 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari Buxoro viloyatida (4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan, 1 nafari aholi orasida) 5 nafari Toshkent viloyatida (3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 2 nafari aholi orasida), 4 nafari Qashqadaryo viloyatida (Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 3 nafar oila a’zosi) aholi orasida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81 foizi) sog‘aydi.

Mamlakatimizda 744 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring