O‘zbekistonga birinchi marta Pfizer vaksinasi olib kelindi

Hozirgina Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi. Bu haqda SSV ma’lum qildi.
Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, «Sputnik V» va Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.
Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
- 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 460 000 dozasi «Sputnik V»,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter