O‘zbekistonga ilk bor Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelinmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda yurtimizga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 000 dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda.
Hozirda yurtimizda 4 turdagi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, «Sputnik V», Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.
Pfizer/BioNTech vaksinasi o‘zbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 978 140 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter