Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zimning ota-onam ham bir marta bozorga chiqib, koronavirus yuqtirdi — Bosh vazir o‘rinbosari

O‘zimning ota-onam ham bir marta bozorga chiqib, koronavirus yuqtirdi — Bosh vazir o‘rinbosari

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov yurtimizda karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilgani borasida savolga javob berdi.

— Har kuni ko‘plab hamyurtlarimiz koronavirus infeksiyasiga chalinayotganini ko‘rib turibmiz. Men hozir shunchaki bir necha misol keltirmoqchiman — afsuski o‘zimning ota-onam ham shu kasalga chalindi. Garchi men uzoq vaqt davomida ulardan karantin talablariga rioya etish va ehtiyot bo‘lishni so‘ragan bo‘lsam ham bir martagina bozorga chiqib kelish koronavirus yuqtirish uchun yetarli bo‘ldi. Hozirda ular davolanmoqda.

Yana bir necha misollar keltirishim mumkin. Afsuski oxirgi bir haftada yaqinlarimdan ikki kishini yo‘qotishga majbur bo‘ldim. Bunaqa fojea har birimiz bilan ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

Hozir kasallik barcha hududlarga tarqamoqda. Shu bois ham Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytiriladigan bo‘ldi. Ammo poliklinikaga borish, qon topshirish, test topshirish va tibbiy yordam olish kabi masalalarda fuqarolarga barcha yordam beriladi. Xususan, karantin postlarida turgan IIV xodimlari bunday holatda ko‘chaga chiqqan fuqarolarni nafaqat to‘xtatmaydi, balki manzillariga yetib olishlari uchun yordam beradi», — deydi Aziz Abduhakimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring