Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza koronavirusga chalindi.
Portugaliya prezidenti, 72 yoshli Marselu Rebelu di Souza koronavirusga chalindi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy saytida xabar berildi.
Marselu Rebelu di Souza topshirgan kovid-test musbat chiqqan. Garchi unda kasallikning hech qanday alomatlari namoyon bo‘lmagan bo‘lsa-da, davlat rahbari ishtirokidagi barcha tadbirlar bekor qilingan.
Prezident Marselu Rebelu di Souza faoliyatini vaqtincha masofadan, profilaktik izolyasiya sharoitida davom ettiradi, deyiladi xabarda.
Marselu Rebelu di Souza cho‘kayotgan qizlarni qutqargani haqida biz xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter