Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin cheklovlari muddatidan avval yumshatiladi – Qashqadaryo

Karantin cheklovlari muddatidan avval yumshatiladi – Qashqadaryo

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 3-avgustidan boshlab Qashqadaryo viloyatida bir qator cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda viloyat maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilindi.

Viloyatda koronavirus infeksiyasining tarqalishni oldini olish, pandemiyaning ta’sirini yumshatish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash komissiyaning 2020-yil 25-iyuldagi 293-sonli yig‘ilish bayoni bilan joriy qilingan cheklovlarga 3 avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga quyidagi vakolatlar beriladi:

  • o‘z hududidagi buyum va qurilish mollari bozorlari, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyatlarini davom ettirishga individual tarzda ruxsat berish (oldindan tadbirkorga karantin talablarini tushuntirish va kafolatini olish orqali);
  • bunda dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar, buyum bozorlari), sartaroshxona va go‘zallik salonlariga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchashni tashkil qilgan holda ishlash kafolati olinadi hamda jiddiy nazorat qilinadi.
  • karantin talablari va cheklovlariga rioya etmayotgan tashkilot va muassasalar, savdo va maishiy xizmat ob’yektlarini belgilangan tartibda hududiy maxsus komissiya qarori asosida to‘xtatish;
  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shaxsiy himoya vositalari (tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqop)dan foydalanishini va ijtimoiy masofani (2 metr) saqlagan holda xizmat ko‘rsatish;
  • epedimiologik holatdan kelib chiqib, joriy qilingan karantin talablarini yumshatish (postlarni kamaytirish, aniq vaqt uchun cheklov o‘rnatish va boshqalar)ni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
  • dezinfeksiya tadbirlariga birlamchi tibbiy bilimga ega bo‘lgan ishsiz fuqarolarni, jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shartnoma asosida ishga qabul qilishni tashkil qilish.

Shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, tuman (shahar)lar hokimlari quyidagi nazorat ishlarini olib boradi:

  • tadbirkorlar tomonidan savdo majmualari va do‘konlarda sanitariya-gigiyena talablarini buzgan sotuvchilarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) muvofiq javobgarlikka tortilishi bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish;
  • oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, shuningdek, birinchi navbatdagi zarur mahsulotlarning narxlarini asossiz ravishda ko‘tarilishining oldini olish choralarini ko‘rish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring