Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya qator ommaviy tadbirlarga ruxsat berdi

Maxsus komissiya qator ommaviy tadbirlarga ruxsat berdi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 20 fevralidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, sanitariya-epidemiologiya me’yorlari va qoidalari talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazishga ruxsat etildi.

Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish doirasida quyidagi talablar belgilangan:

  • tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda tashkil etilayotgan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart;
  • barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;
  • tadbirga kirishda barcha ishtirokchilar pirometrlar yordamida haroratni o‘lchash jarayonidan o‘tishi talab etiladi, yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;
  • Ekspozitsiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr bo‘lishi kerak;
  • tadbir o‘tkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini ta’minlashi kerak.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring