O‘zbekistonda koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi

CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjudligini ma’lum qildi.
«COVID-19 — bu yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitanacha ishlab chiqariladi. Ammo antitanachalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim», dedi Nargiza Nurullayeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter