Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev: «Charchayapmiz...»

Rasul Kusherbayev: «Charchayapmiz...»

Foto: «uzlidep.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, yangi joriy etilgan karatin choralari haqida fikrini bildirdi.

«Virusning O‘zbekiston bo‘ylab so‘nggi vaqtlardagi tarqalish tezligi va ko‘lami o‘zgarmasa yaqin kunlarda tibbiyot muassasalarida kasallanganlarni joylashtirishga joy, davolashga tibbiyot xodimlari yetishmay qolishi aniq bo‘lib qoldi.

Kamiga virus bilan zararlanayotganlarning ichida tibbiyot xodimlari ham ko‘p. Ular bir necha oydan buyon yuqori ish rejimida ishlashdi, charchashdi, ayrimlari kasallanishdi. Shu sabablimi tibbiyot xodimlari ichida ham «yetar endi», degan ishga qo‘l siltash kayfiyati yuribdi, ular ham sog‘ omon oilasi bag‘riga bormoqchi.

Havotirli tomoni shundaki, kasallik bo‘yicha rasmiy raqamlar bu aniqlanganlari xolos. Afsuski bizda hamma ham o‘zini tekshirtirish uchun kasalxonaga boravermaydi. Shu sababli real kasallar soni rasmiy raqamlardan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Xullas, ahvol jiddiy.

Maxsus komissiyaning yangi qarori vaziyatning bundan ham og‘ir bo‘lmasligi uchun qilinayotgan vaqtinchalik choralar ekanligi ko‘rinib turibdi.

To‘g‘ri, komissiya qarori va uning berilayotgan sharhlarida ochiq savolli masalalar bo‘lishi mumkin. Biroq bugun hammamiz diqqatimizni boshimizga kulfat keltirayotgan kasallikni tezroq jilovlab olishga qaratishimiz eng to‘g‘ri yo‘l. Toki hayotimiz avvalgidek o‘z iziga tushib ketishi uchun boshqa maqbul chora topilmayapti.

Fursatdan foydalanib ushbu mas’uliyatli pallada hammani kasallikka qarshi kurashga hissa qo‘shishga chaqirib qolaman. Va bu ishda har birimizning eng katta hissa va yordamimiz o‘zimiz va yaqinlarimizni kasallikdan asrashdan iborat bo‘ladi.

O‘zimiz va kelajagimiz uchun o‘zimizni asraylik!

Charchayapmiz...», — deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring