Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real»ning ikki asosiy futbolchisi koronavirusga chalindi

«Real»ning ikki asosiy futbolchisi koronavirusga chalindi

Madridning «Real» klubi jamoa a’zolarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jamoa futbolchilari Kazemiro va Eden Azarning koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergan. Har ikki futbolchi ham jamoadan alohida nazoratga olinib, o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan. Endi bu futbolchilarni ikki haftalik karantin kutmoqda. 

Madrid klubi bu turda safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushdi. Shundan keyin FIFA kunlari sabab chempionatda tanaffus bo‘ladi.

«Real» La Ligada 7 o‘yindan keyin 16 ochko to‘plab, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring