Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sariq» hududlarda abituriyentlar uchun o‘quv markazlarini ochish taklifi maxsus komissiyaga kiritildi

«Sariq» hududlarda abituriyentlar uchun o‘quv markazlarini ochish taklifi maxsus komissiyaga kiritildi

«Yashil» hududlarda o‘quv markazlari faoliyatiga ruxsat berildi, buni «sariq» hududlarda ham tashkil etsa bo‘ladimi? AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ushbu savolga javob berdi:

— Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasi «yashil» hududlarda o‘quv markazlari faoliyatini sanitariya gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilgan holda boshlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Hozirda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanayotganligi va abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida «sariq» hududlarda ham sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritilgan.

Respublika maxsus komissiyasining «sariq» hududlardagi o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, buni tashkil etish mumkin bo‘ladi. Hozirgi paytda «sariq» va qizil» hududlardagi o‘quv markazlarlarida masofaviy ta’lim tashkil etishni tavsiya qilamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring