Til biladigan yoshlarga chekka hududlarda o‘quv markazi ochish uchun 123 mln so‘mgacha qarz beriladi

Joriy yil 26-mart kuni imzolangan Prezidentning PF-61-son farmoniga ko‘ra, xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
Shuningdek, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.
2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:
- ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘laydi;
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi. Bunda ular o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter