Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sharl de Goll» ham kasallandi (video)

«Sharl de Goll» ham kasallandi (video)

Foto: «Rambler»

«Euronews» xabar berishicha, Fransiya harbiy-dengiz flotining eng yirik kemasi — «Sharl de Goll» aviatashuvchisiga ham koronavirus kirib bordi: kasallik 50 nafar harbiy-dengizchida aniqlandi.

Bu haqda ma’lum qilgan mamlakat mudofaa vazirligi kema missiyasini muddatidan oldin tugatib, portga qarab yo‘l olganini ma’lum qildi. Kasallarning uch nafari Tulondagi harbiy gospitalga vertolyotda keltirildi, qolganlar karantinga olingan.

Harbiy kema bortida 1760 kishi bo‘lgan. Ularni harbiy shifokorlar tekshirib davolashyapti. Hozircha 66 ta test olingan, tashxis qo‘yish davom etyapti, kasallar soni oshishi mumkin.

Bungacha  AQShning atom aviatashuvchisi — «Teodor Ruzvelt»da ham COVID-19 epidemiyasi boshlanib ketgandi. Ushbu kema bortida 5000 nafar dengizchi xizmat qiladi. Shu kema kapitanining OAV qo‘liga tushib qolgan xati ortidan katta mojaro kelib chiqqan, shundan so‘ng kapitan vazifasidan olingan, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vaziri vazifasini bajaruvchi o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqib ketgandi.

Keyinchalik Amerikaning yana uchta aviatashuvchisida koronavirus aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring