Sobiq futbolchilar o‘tkazgan aksiya 4 ta «Tez yordam» mashinasiga yetadigan pul to‘plab berdi

2006-yilda Italiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lgan futbolchilar aksiya tashkil etishdi. 4 ta «Tez yordam» mashinasini xarid qilish uchun po‘l jamg‘arildi, deya xabar berdi jamoa eks-forvardi Alessandro Del Pero.
«2006-yil Jahon chempionatida ishtirok etgan termadagi jamoadoshlarim bilan birga va sizning hissangiz sharofati bilan biz Italiya Qizil xoch jamiyatiga 4 ta «Tez yordam» mashinasini xayriya qilganimizni mamnuniyat bilan xabar qilaman», — deb yozadi Del Pero o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, ushbu «ultrazamonaviy mashinalardan» koronavirus pandemiyasi tugagandan keyin ham oddiy tartibda foydalanish mumkin.
«4 raqami — taqdir belgisi: Italiya termasining Jahon chempionatlaridagi sovrinlari ham shuncha», — deya qo‘shib qo‘ygan Del Pero.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada 189 973 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, shulardan 25 549 nafari vafot etgan, 57 576 kishi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter