Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk bor AQShning barcha shtatlarida katta ofat tartibi e’lon qilindi

Tarixda ilk bor AQShning barcha shtatlarida katta ofat tartibi e’lon qilindi

Foto: «U-f.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp Vayomingda katta ofat tartibini e’lon qildi. Shu tariqa bunday tartib tarixda ilk bor hamma shtatlarda amal qila boshladi, deya ma’lum qildi Oq uy vakili Jadd Dir.

«Tarixda ilk bor prezident birato‘la 50 shtatning barchasida katta ofat tartibi mavjudligini e’lon qildi», — deya tvitterda yozib qoldirgan u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 519 453 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 20 071 nafari vafot etdi. Kuni kecha AQSh COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha Italiyadan o‘tib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring