Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligida koronavirus yuqtirganlar borligi rad etildi

Toshkent shahar hokimligida koronavirus yuqtirganlar borligi rad etildi

Foto:«Sof.uz»

Toshkent shahar hokimligida koronavirus yuqtirilgani bo‘yicha mish-mishlar tarqalgan edi. 

Sanitariya – epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov mazkur masalaga aniqlik kiritdi:

— Toshkent shahar hokimligidan kasal aniqlangani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri. Bunday xabarni internet tarmog‘iga kim qo‘yganidan xabarim yo‘q. Lekin bu haqiqatdan yiroq ma’lumot. Bu kabi ma’lumotni tarqatuvchilarga ham o‘ziga yarasha javobgarligi borligini eslatib o‘tmoqchiman.

Qayd etish kerakki, kechagi kunga qadar O‘zbekistonda 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan. 7-aprel kunining o‘zida mamlakat bo‘ylab 5800 ta laboratoriya tahlili o‘tkazilgan. Laboratoriya tahlillar barcha hududlarda amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring