Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlar yashagan hududlar ma’lum qilindi

Toshkent viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlar yashagan hududlar ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabi bugun soat 19:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlar viloyatning qaysi hududlarida istiqomat qilib kelishganini e’lon qildi.

  • O‘rta Chirchiq tumani, Paxtaobod qishlog‘i
  • O‘rta Chirchiq tumani «Ravotak» MFY
  • O‘rta Chirchiq tumani «O‘rta ovul» MFY
  • O‘rta Chirchiq tumani «G‘uzor» MFY
  • Zangiota tumani «Taraqqiyot» MFY
  • Zangiota tumani «Turkiston» MFY – 2 nafar
  • Qibray tumani «Do‘rmon» ko‘chasi
  • Qibray tumani «Hikmat» ko‘chasi
  • Qibray tumani «Yuqori yuz» MFY
  • Qibray tumani «Zafarobod» MFY
  • Qibray tumani Solar GES, «Ziyokorlar» ko‘chasi
  • Toshkent tumani «Sabzavot» MFY
  • Toshkent tumani «G‘ishtko‘prik» MFY
  • Toshkent tumani «Zarbdor» MFY – 2 nafar
  • Toshkent tumani «Ko‘ksaroy» MFY – 2 nafar

«Mazkur hududlar va unga yondosh joylarda yashovchi fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, kasallik belgilari sezilsa, isitma ko‘tarilsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

O‘zingiz bilmagan holda virus tashuvchisiga aylanib qolishdan saqlaning! O‘zaro muloqotga kirishganda ijtimoiy masofa saqlang!», deyiladi shtab xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring