Toshkentda kasallanish yana ko‘paydi

So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda yana 500 nafarga yaqin kishida kasallik qayd etildi, birgina Toshkent shahrida 220 nafardan ortiq bemor aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 6 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176964 (+487) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 15 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 10 nafari Jizzax viloyatida,
- 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 14 nafari Namangan viloyatida,
- 32 nafari Samarqand viloyatida,
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 7 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 25 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 101 nafari Toshkent viloyatida,
- 221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 172257 (+432) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1260 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter