Turkiyada vaziyat jiddiy: cheklovlar kuchaytirildi

Turkiya hukumati koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun komendantlik soatini ko‘paytirib, shaharlararo safarlarni taqiqladi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashgach ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, komendantlik soati 19:00 dan 05:00 gacha amalda bo‘ladi. Respublika aholisi vaqtincha shaharlararo harakatlana olmaydi.
Kuni kecha Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja mamlakat butun koronavirus pandemiyasi davrida eng qiyin damlarni boshidan o‘tkazayotganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter