Uy hayvonlariga qo‘lqop bilan teginish haqidagi SMSga izoh berildi
Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Yaqinda o‘tkazilgan brifingda koronavirus uy hayvonlaridan yuqmaydi, deb aytilgan edi. Lekin kuni kecha vazirlik tomonidan «uy hayvonlariga qo‘lqop bilan tegining» degan SMSlar keldi. Buni qanday tushunish mumkin?
— Bu kabi SMSlar ko‘pchilik aholida tushunmovchilik paydo qilib, vahima uyg‘otishi ham mumkin. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi tabiiy manba — ko‘rshapalaklar. Ko‘rshapalaklarning koronavirus tashuvchi turi bizning hududlarimizda yashamaydi. Odamlarimiz ham ko‘rshapalaklar bilan muloqotda bo‘lmaydi.
Lekin shuni yodda tutishimiz kerakki, uy hayvonlari ham o‘rtadagi vositachi bo‘lib qolishi mumkin. Qolaversa, uy hayvonlaridan juda ko‘p kasalliklar — exinokokk, parazitar va gijja kasalliklari, yesinos va yuqumli ichak kasalliklari ham yuqishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, shaxsiy gigiyena qonun-qoidalariga rioya etilgan holda yashash tarzini o‘z hayotida joriy qilish bo‘yicha berilgan tavsiya edi — bu (SMSlar). Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman, hozirgi karantin davrida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish bilan shug‘ullanadigan umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati vaqtinchalik to‘xatilgan. Karantin davomida mana shu oshxonalarda yashab yurgan, qoldiq ovqatlar bilan ovqatlanib yurgan uy hayvonlari ham ko‘chaga chiqib ketdi.
Aholi punktlarida uy hayvonlari, daydi hayvonlar, jumladan it va mushuklarning ko‘payish holatlari uchramoqda. Aholi yashash punktlaridagi epidemiologik vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ya’ni aholimizning sog‘ligini saqlash ko‘p jihatdan fuqrolarimizning o‘ziga bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter