Eronda ishlamaydigan kunlar e’lon qilindi

Eronda koronavirus infeksiyasining yangi turi (COVID-19) bilan kasallanish holatlarining ko‘payishi natijasida mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan korxonalar olti kunga yopiladi. Bu haqda Eron koronavirusga qarshi kurash milliy kengashi matbuot kotibi Ali Riza Raisiy ma’lum qildi.
«COVID-19 ning keskin o‘sishi fonida, 16-avgustdan 21-avgustgacha bo‘lgan davr Eronda ishlamaydigan kunlar deb e’lon qilindi», — dedi Raisiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 15-avgust, yakshanba kuni tushdan boshlab 21-avgust, shanbagacha shaharlararo safar qilish taqiqlanadi.
Raisiy, shuningdek, savdo markazlari, davlat idoralari va banklar hafta davomida yopilishini ta’kidladi. Mamlakat uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar va tuzilmalar bundan mustasno.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter