Yana Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 8-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 418 (+137) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent viloyatida, 54 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 78 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 181 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 41 898 (+304) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 160 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter