Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi kasallanish holatlari aniqlangan hududlar ma’lum qilindi

Yangi kasallanish holatlari aniqlangan hududlar ma’lum qilindi

2020-yil 21-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 074 (+128) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida hamda 12 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 69 yoshli R.M. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 47 yoshli R.Yu. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 382 nafar, Toshkent viloyatida 123 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 6 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Namangan viloyatida ham 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 33 989 (+547) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 825 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring