Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuqmaydigan koronavirus nega kerak?

Yuqmaydigan koronavirus nega kerak?

Foto: RBK

Rokfeller universiteti (AQSh) olimlari tadqiqotlar o‘tkazish uchun koronavirusning yuqmaydigan shakli — replikonlarni yaratishdi. Bu haqda «Science» jurnali xabar berdi.

Replikonlarning genetik tuzilishi SARS-CoV-2ning RNKsiga ega va virusning deyarli barcha hayotiy bosqichlari xususiyatlarini aks ettiradi.

Yuqmas virus RNKsida virusning replikatsiyasi va o‘z nusxalarini yaratishi uchun yetarli barcha axborot bor, biroq inson hujayralariga kirib, yuqishi uchun zarur oqsil-tikanaklardan mosuvo etilgan.

Tadqiqotchilar virusning replikasini yaratish orqali koronavirusning faoliyat mexanizmlarini yanada chuqurroq o‘rganishni va albatta, yangi dori vositalarini sinab ko‘rishni maqsad qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring