Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda COVID-19dan tuzalganlar soni 27 mingdan oshdi

Yurtimizda COVID-19dan tuzalganlar soni 27 mingdan oshdi

Foto: «Dev.repost.uz»

2020-yil 13-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 323 (+230) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent viloyatida, 102 nafari Toshkent shahrida hamda 11 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli A.I. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun yurtimizda 1 554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 27 213 nafarga (82 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 894 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring