Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizning to‘rtta hududida koronavirus holati qayd etildi

Yurtimizning to‘rtta hududida koronavirus holati qayd etildi

Foto: «News.liga.net»

2020-yil 14-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 995 (+159) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Jizzax viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 63 yoshli O.K. (ayol) hamda Nukus shahrida yashagan 41 yoshli Q.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 296 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Samarqand viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 6 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 44 526 (+524) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 071 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring