Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuventus»ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Yuventus»ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Yuventus» klubi himoyachisi Daniel Rugani koronavirus bilan kasallangani xabar qilingan edi. Shundan so‘ng klub futbolchini karantinga olib, davolashni boshladi. Futbolchi bilan yaqin aloqada bo‘lgan klubning boshqa a’zolari ham alohida ro‘yxatga olindi va ehtiyot chorasi sifatida barcha futbolchilar tibbiy nazoratdan o‘tkazildi.

Ammo ushbu choralarga qaramay «Yuventus»ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi. Yarim himoyachi Blez Matyuidining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi. Shu tariqa turinliklar safida ikkinchi futbolchi koronavirusga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortgan. U o‘z ona shahri Madeyroda bo‘lib turibdi.

Shuningdek Ronaldu koronavirusga qarshi kurash harakatiga qo‘shilgan. U Portugaliyadagi o‘z shaxsiy mehmonxonalar tarmog‘ini qayta jihozlab, shifoxonalarga aylantirayotgani va bepul davolashni yo‘lga qo‘yayotgani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring