21-27 may kunlari Turk oshxonasi haftaligi bo‘lib o‘tadi (foto)

Turkiyaning boy oshpazlik merosini targ‘ib qiluvchi Turk oshxonasi haftaligi barqaror, sog‘lom va an’anaviy pishirish usullari bilan 21-27 may kunlari to‘rtinchi marotaba nishonlanadi. Bu yilgi mavzu “Turk oshxonasining klassik taomlari” bo‘lib, unda turk oshxonasining asosi – abadiy klassikaga urg‘u beriladi.
Turk oshxonasi haftaligi har yili Turkiya Respublikasida va xorijdagi vakolatxonalari tomonidan bir qator tadbirlar ijtimoiy media kampaniyalari ishtirokida keng nishonlanadi. Tashabbus Turkiyaning ming yillik madaniy almashinuv, barqaror amaliyotlar va chuqur ildiz otgan gastronomik an’analar natijasida shakllangan boy oshpazlik merosini tanitishga qaratilgan.
Turk lazzatlari Onado‘li dasturxonlaridan dunyoga ochiladi
Turkiyaning serhosil tuprog‘i va ko‘p asrlik an’analarga ega chuqur tarixiy va boy oshpazlik madaniyati uni “haqiqiy gastronomik jannat” ga aylantiradi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan va butun mamlakat oshxonalarida mehr bilan tayyorlanadigan abadiy retseptlarga asoslangan klassik taomlar bu xilma-xil oshxonaning yuragi hisoblanadi.
Mahalliy, mavsumiy ingrediyentlar va puxta o‘ylangan, ammo oddiy texnikalar bilan tayyorlangan taomlar turk oshxona merosining mohiyatini aks ettiradi. Turk oshxonasining an’anaviy, sog‘lom va isrofsiz qadriyatlarini bugungi kungacha olib kelgan bu klassik retseptlar ayni vaqtda Onado‘lining mehmondo‘stlik, birlik va barobarlik ramzidir. Shuningdek, ular oila, do‘st va mehmonlarni birlashtiradigan mehmondo‘st turk dasturxonlarining tamal toshidir.
2025 yilgi Turk oshxonasi haftaligi menyusi vaqt sinovidan o‘tgan mashhur taomlarni o‘z ichiga oladi. “Turk oshxonasining klassik taomlari” mavzusidagi menyuda baxmal yasmiq sho‘rvasi va tarhana sho‘rvasi, imambayildi (piyoz va pomidor bilan to‘ldirilgan baqlajon), manti (turk chuchvara) va kartoshkadan pishloqgacha, foydali o‘tlardan qiyma go‘shtgacha bo‘lgan barcha mahsulotlar bilan to‘ldirilgan bo‘rek (mazali pishiriqlar) mavjud. Karnerik (qiyma bilan to‘ldirilgan baqlajon), palov-jajik, kuru fasule (oq loviya), gurunch va aralash do‘lma (sabzavotlar bilan to‘ldirilgan), qatiq kabi mazali uy taomlari turk oshxonasining ajralmas qismidir. Tetiklashtiruvchi bo‘stona va cho‘pon salatlari hamda turli xil ichimliklar bu oshpazlik tajribasini to‘ldirsa, tovuq ko‘kragidan tayyorlangan shirinlik, kazandibi (karamelli guruch pudingi) va pahlava kabi ko‘plab turk shirinliklarini dasturxonning eng ajoyib yakuni desa ham bo‘ladi.
Turk oshxonasi haftaligi, shuningdek, mamlakatning boy mintaqaviy xilma-xilligining ko‘rgazmasi bo‘lib xizmat qiladi. Turkiyaning 81 viloyatining har biri mahalliy ingrediyentlar, iqlim va ko‘p asrlik madaniy almashinuv asosida shakllangan an’anaviy retseptlarning o‘ziga xos talqinini taklif qiladi. Turk oshxonasi haftaligi Egeyning zaytun moyli taomlaridan janubi-sharqning ziravorli maxsus taomlari va Qora dengizning dengiz mahsulotlariga boy taomlari kabi turli yo‘nalishdagi oshpazlik sayohatiga taklif etadi. Mintaqaviy tadbirlar tashrif buyuruvchilarga mahalliy klassikalarning haqiqiy ta’mini va har bir mintaqaning kundalik hayoti hamda merosi haqida chuqurroq ma’lumot beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter