Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor Rustam Urazayev vafot etdi

Aktyor Rustam Urazayev vafot etdi

Taniqli aktyor va rejissyor Rustam Urazayev 65 yoshida Moskvada vafot etdi.

Rustam Urazayev 1958-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maktabni tamomlaganidan so‘ng dastlab rassomchilik bilim yurtida, so‘ngra Toshkent davlat universitetining tarix fakultetida tahsil oladi.

Urazayev kino sana’tiga 1974-yilda kirib kelgan. U sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan turli mamlakatlar kinostudiyalarida suratga tushgan. O‘zbekiston televideniyesida ko‘ngilochar dasturlar boshlovchisi sifatida faoliyat olib borgan. U o‘zbek «Alen Delon»i degan nom olgandi.

Rustam Urazayev G‘arb kinosida suratga tushgan juda kam sonli o‘zbekistonlik aktyorlardan biridir. Aktyor Fransiya-Ispaniya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan «Ma’rifat» filmida bosh rollardan birini ijro etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring