Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alen Delonning o‘limi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Alen Delonning o‘limi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Foto: RadioVan.fm

Bugun, 19-may kuni bir qator xorijiy OAVda Alen Delon, oldin rejalashtirganidek, evtanaziya yordamida hayot bilan vidolashgani haqida xabarlar tarqaldi. 86 yoshli aktyorning matbuot kotibi sovuq xabarlarni inkor etib, u sog‘-salomat va tirik ekanini aytdi.

Avvalroq Alen Delon qarib-qartayib, ojiz qariyaga aylanib qolishni istamasligini, evtanaziya vositasida hayot bilan vidolashish niyati borligini ma’lum qilgandi.

2019-yili Alen Delon insultni boshdan o‘tkazgan. 2021-yili rafiqasi Natali Delon oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan.

Alen Delon evtanaziyaga rasman ruxsat berilgan Shveysariyaga bir necha yil avval  ko‘chib o‘tgan. Keyinchalik qarindoshlari nosozlikka bormasligi uchun, vasiyatnomani ham rasmiylashtirib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring