Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Foto: Gazeta.uz

Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov olamdan o‘tdi. Bu haqda OAVlar san’atkorning jiyaniga asoslanib yozmoqda

Bastakor og‘ir kasallik bilan kurashib kelayotgandi. 

Sultonali Rahmatov 1970-yil Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2010), Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori (2006), O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari sifatida ishlagan. 

Xabar.uz bastakorning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring