Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov olamdan o‘tdi. Bu haqda OAVlar san’atkorning jiyaniga asoslanib yozmoqda.
Bastakor og‘ir kasallik bilan kurashib kelayotgandi.
Sultonali Rahmatov 1970-yil Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2010), Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori (2006), O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari sifatida ishlagan.
Xabar.uz bastakorning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter