Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bir kuni Gollivudda»: Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt «Oskar»ga da’vogarlar ro‘yxatida

«Bir kuni Gollivudda»: Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt «Oskar»ga da’vogarlar ro‘yxatida

Foto: «Times of India»

Kventin Tarantinoning anchagina shov-shuv ko‘targan kinoasari («Bir kuni Gollivudda») unda qatnashganlarga omad keltirishni boshladi. «Just Jared» yozishicha, Rik Daltonni o‘ynagan Leonardo Di Kaprio «Eng yaxshi aktyor», Bred Pitt (Kliff But) esa «Ikkinchi plandagi eng yaxshi  aktyor» nominatsiyasida «Oskar» mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: «SONY»

Leonardo Di Kaprio — besh marta nomzodi ko‘rsatilganidan so‘ng, oltinchisida «Hayot-mamot» filmidagi bosh roli uchun «Oskar»ni qo‘lga kiritgan.

Bred Pitt ham (nomzodi to‘rt marta ko‘rsatilganidan so‘ng) bir marta «Oskar» olgan — «12 yil qullikda» filmiga prodyuserlik qilgani uchun.

Bo‘lg‘usi «Oskar»ga barcha nominantlar nomi 2020-yilning 13-yanvar kuni e’lon qilinadi, mukofotlash esa 9 -fevralga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring