Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birovning she’ridan ruxsatsiz foydalangan xonanda jarimaga tortildi

Birovning she’ridan ruxsatsiz foydalangan xonanda jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Behzod Fazliddin mualliflik huquqini himoya qilishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

Bu haqda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, xonanda A.Shermatov tomonidan hech qanday ruxsatsiz shoirga tegishli «Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim» nomli to‘plamidagi «Balosiz — go‘yoki g‘amimni yeysiz», deb boshlanuvchi «Ayyor do‘stlarim» she’ridan foydalanib qo‘shiq qilgan.

Shoirning murojaati adliya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining qaroriga asosan, xonanda A.Shermatov mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. Unga nisbatan ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.

Shoir B.Fazliddin foydasiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining hal qiluv qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, xonandadan shoir foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari, ya’ni 30 mln. so‘m tovon puli undiriladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring