Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bryus Li va Chak Norris bilan kinoda suratga tushgan aktyor vafot etdi

Bryus Li va Chak Norris bilan kinoda suratga tushgan aktyor vafot etdi

Amerikalik aktyor va jang san’ati ustasi, Bryus Li va Chak Norris bilan birga mashg‘ulot qilib, kinolarda suratga tushgan Robert Uoll 83 yoshida vafot etdi.

Robert Uoll Bryus Li bosh rollarni ijro etgan «Ajdaho yo‘li» (1972) va «Ajdahoning chiqishi (1973) filmlari orqali bizga tanish.

Kinoda dushman, hayotda do‘st bo‘lishgan.

Robert Uoll 1939-yilning 22-avgustida AQShning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. Chak Norris boshchiligida tansudo va chunkukdo yo‘nalishlarida 9-darajali qora belbog‘ sohibiga aylangan. 1970-yili professional karate bo‘yicha AQSh chempioni bo‘lgan. Nomi Professional karate assotsiatsiyasining Shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring