Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng qimmat serialning ilk kadrlari paydo bo‘ldi — «Uzuklar hukmdori» (foto)

Eng qimmat serialning ilk kadrlari paydo bo‘ldi — «Uzuklar hukmdori» (foto)

Foto: «Vanity Fair»

Uzoq sukutdan so‘ng, nihoyat, «Uzuklar hukmdori: hukumat uzuklari» serialini suratga olish jarayonidan ilk kadrlar internetda paydo bo‘ldi. Suratlarni «Vanity Fair» joyladi.

«Uzuklar hukmdori» seriali» garchi Jon Ronald Ruel Tolkin g‘oyalari bo‘yicha olinayotgan bo‘lsa-da, mumtoz roman-epopeya yoki «Silmarillion» syujet asosini tashkil qilmaydi. Fanatlarga «Ilovalar» nomi ostida tanish, 150 betli postskriptumli, yozuvchi asosiy voqealarni qo‘shimchalar bilan to‘ldirgan, Frodo va uning do‘sti O‘rta yerning Ikkinchi davrida uzukni Mordorga yetkazishidan ming yil oldingi voqealar hikoya qilinadi.

«Uzuklar hukmdori» serialining premerasi 2022-yilning 2-sentyabriga mo‘ljallangan. «Amazon Prime Video» onlayn-kinoteatrida haftasiga bittadan  seriyasi namoyish etib boriladi.

«Uzuklar hukmdori hozirdanoq tarixdagi eng qimmat serialga aylandi. Suratga olishga 465 million dollar sarflanadi. Solishtirish uchun — mashhur «Taxtlar o‘yini» seriali budjeti 100 mln. dollardan sal oshgan. Piter Jekson suratga olgan trilogiyalar — «Uzuklar hukmdori»ga 281 million dollar, «Xobbit»ga 743 million dollar sarflangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring