Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hayot afsunlari» filmini kinoteatrlarda tomosha qiling

«Hayot afsunlari» filmini kinoteatrlarda tomosha qiling

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Pro art studiyasi tomonidan suratga olingan «Hayot afsunlari» badiiy filmi suratga olindi.

Mazkur film psixologik drama bo‘lib, unda Tohir ismli mahalla raisining atrofida bo‘ladigan hayotiy voqealar, turli ko‘ngilsizliklar va oilaviy mojarolar aks ettirilgan. Shuningdek, qahramonlar taqdiri orqali mamlakatimizdagi mahalla faoliyati tizimi yoritilgan.

Ssenariy muallifi Abduqayum Yuldashev, postanovkachi rejissyor Hasan Alijonov, operator Iste’dod Usmonov, rassom Begzod Xudoyberdiyev, grimyor Zilola Sobirova, prodyuser Javlon Kamalov, ikkinchi rejissyor Saidmalik Qodirov.

«Hayot afsunlari» kinokartinasi 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Kinematografiya agentligi tomonidan taqdim etilgan edi. Hozirda yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.

Tez orada Youtube platformasida ham kinokartinani tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring