Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hayrat» filmining premerasi kutilmoqda

«Hayrat» filmining premerasi kutilmoqda

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan «Hayrat» badiiy filmining yurtimiz kinoteatrlarida premerasi kutilmoqda.

Bir ssenarist hayoti va unga tutash ijod yo‘lidan hikoya qilgan film tom ma’noda san’atni xususan, kino san’atini yaratilish jarayoni haqida so‘zlaydi.

Film uchun dramatik konfliktlarga boy ssenariy Zulfiqor Musoqov tomonidan yozilgan bo‘lib, qahramonlar xarakteri va davr muhitini ochib bergan musiqalar filmni badiiy jihatdan boyitgan.

Postanovkachi operator Aziz Arziqulovning tomoshabinni kinokartina olamidan nafas olishga undovchi kadrlari hamda postanovkachi rassom Sergey Chufarnovning o‘zgacha yondashuvi film muvaffaqiyatini ta’minlab bergan.

Bundan tashqari Bobur Yo‘ldoshev, Feruza Saidova, Nigora Karimboyeva, Farhod Abdullayev, Shahnoza Valiyeva kabi qator aktyor va aktrisalarimizning mahoratli ijrolariga alohida to‘xtalish mumkin.

Kinokartina haqida yana ko‘plab fikrlar keltirish mumkin. Ammo haqiqiy bahoni tomoshabin bergani ma’qul. Shunday ekan, tez kunlarda yurtimiz kinoteatrlarida filmni premerasini kutib qolamiz.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring