Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hollivud aktyorlari va aktrisalari maoshidagi farq solishtirildi

Hollivud aktyorlari va aktrisalari maoshidagi farq solishtirildi

Foto: «Mhsmustangnews»

Iqtisodchilarning aniqlashicha, Hollivudda aktyorlar aktrisalarga qaraganda o‘rtacha 1,1 million dollar ko‘p haq olishadi, deb yozmoqda «The Guardian».

Tadqiqotchilar 1980-yildan 2015-yilgacha 1343 ta filmda suratga tushgan 246 nafar erkak va ayolning daromadlarini solishtirishdi.

Muvaffaqiyat va mukofotlar, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashganlik tahlil qilindi. Ta’kidlanishicha, 35 yil davomida o‘rtadagi tafovut barqaror saqlanib kelgan.

Hollivudda daromadlar ikki omilga juda bog‘liq — film janri hamda aktyorning yoshi. Ekshenlarda aktyorlar aktrisalarga qaraganda o‘rtacha 1,8 million dollar ko‘p gonorar olishadi. Yoshi 50 dan oshgan aktyorlarga esa ularga tengqur aktrisalarga nisbatan to‘rt million dollar ko‘p maosh to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring