Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Poziljonovning «selfi»sidan uyaldim...

Jahongir Poziljonovning «selfi»sidan uyaldim...

Jahongir Poziljonov va jamoasi o‘zbeklarni sharmanda qilyapti!

Men shaxsan uning «Selfi» degan klipidan uyaldim.

Farzandlarini qo‘shibdi, Prezidentni qo‘shibdi...

Bunaqa yaltoqlanish bilan yurt rahbari imijiga soya solinishi ehtimolini yuzaga keltirayotganini his qilarmikan u?

Prezident imiji ― har bir fuqaroning (mening ham) yuzi, nomusi, sharafi! Unga mas’uliyat bilan qarash kerak. Shaxsiy ambitsiyalari yo‘lida foydalanish ― kaltabinlikdan boshqa narsa emas.

Uzoq yillar nashriyotlarda ishlaganman. Biron kitobga Prezidentning suratini joylashtirish uchun davlat rahbari matbuot xizmati bilan kelishishi kerak, degan qoida bor. Chunki Prezident ― shunchaki shaxs emas. Uning qiyofasi davlat ramzlari kabi muhim.

O‘tgan yili bir aktyor o‘zi haqidagi kitobga yurtboshi bilan tushgan suratini kiritmoqchi edi (maqtanmoqchi edi deyaqolaylik, har narsani o‘z nomi bilan atagan durust). Prezident matbuot xizmati ruxsat bermadi (to‘g‘ri qildi!)

Nahotki, shu «Selfi»ga ruxsat berishgan?  Yoki bu shaxsiy tashabbusmi?

Butun dunyo O‘zbekistonga ko‘z tikib turgan pallada Prezidentning qiyofasini maddohlarcha kuylangan o‘ta didsiz «qo‘shiq»qa qorishtirish — unga shunaqa arzongarov, «lobovoy» maqtovlar yoqadi, degan yolg‘on tasavvurni tarqatish bilan barobar emasmi?

Prezidentning o‘zi tanqid qilinglar, «ura-ura»chilik yetar deb tursa-da, bu «xonanda» «ura-ura»lasa...

Men senzuraga qarshiman, ammo bunday «qo‘shiq»larni senzura qilib turmasa bo‘lmasakan-da, deyapman shu tobda...

Shahnoza To‘raxo‘jayeva,
(muallifning telegram kanalidan olindi)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring