Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jonni Deppga yangi «Karib dengizi qaroqchilari»da rol berilmadi

Jonni Deppga yangi «Karib dengizi qaroqchilari»da rol berilmadi

Foto: «Faktrum»

«Karib dengizi qaroqchilari» filmining yangi qismida bosh qahramonlardan biri — kapitan Jek Chittak (Jonni Depp)ni ko‘rmaymiz. Bu haqda ssenariynavis Styuart Bitti «Daily Mail»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, «Disney» kompaniyasi beshinchi film — «O‘liklar ertak so‘zlamaydi»dan kassa tushumlari ancha past bo‘lgani bois jiddiy o‘zgarishlarga hozirlik ko‘ryapti. Qolaversa, Deppning yoshi ham filmdagi roliga mos kelmay qoldi, aktyor iyun oyida 55 yoshga kirdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, yangi filmni yozishda «Dedpul» filmi ssenariynavislari ham qatnashyapti.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring