Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kalmar o‘yini» aktyori «Emmi» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kalmar o‘yini» aktyori «Emmi» mukofotiga sazovor bo‘ldi

13 sentyabr, seshanba kuni Los-Anjelesda 74-Emmi mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hay’ati janubiy koreyalik Li Jong Chjeni «Kalmar o‘yini» serialidagi roli uchun «Eng yaxshi erkak aktyor» nominatsiyasida «Emmi» mukofoti uchun loyiq deb topdi.

U bu tanlovda Jeyson Beytman (Ozark), Brayan Koks va Jeremi Strong (Merosxo‘rlar), Bob Odenkirk (Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qil) va Adam Skott (Divizion)ni ortda qoldirdi.

Shuningdek, «Emmi» mukofoti:

  • Eng yaxshi mini-serial – «Oq lotus»
  • Eng yaxshi komediya seriali – «Ted Lasso»
  • Eng yaxshi dramatik serial – «Avlodlar»
  • Drama serialidagi eng yaxshi aktrisa ayol – Zendaya («Eyforiya»)
  • Drama serialidagi eng yaxshi erkak bosh rol ijrochisi – Li Jong Chje («Kalmar o‘yini»)
  • Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa – Amanda Seyfrid («Quvilgan»)
  • Miniserialdagi eng yaxshi aktyor – Maykl Kiton («Sindirish»)
  • Komediya serialidagi aktrisaning ajoyib ijrosi – Jan Smart («Ayyorlik»)
  • Komediya serialidagi eng yaxshi bosh aktyor – Jeyson Sudeikis («Ted Lasso»)larga berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalro 77 yoshli aktyor «Kalmar o‘yini»dagi roli uchun «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring